رَبَّنَا ظَلَمْنَا أَنْفُسَنَا، وَإِنْ لَمْ تَغْفِرْ لَنَا، وَتَرْحَمْنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ الْخَاسِرِينَ.
رَبَّنَا ظَلَمْنَا أَنْفُسَنَا وَإِنْ لَمْ تَغْفِرْ لَنَا وَتَرْحَمْنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ الْخَاسِرِينَ
Audioni yuklab bo‘lmadi. Keyinroq urinib ko‘ring.
«Ey Robbimiz, biz o`zimizga zulm qildik. Agar Sen bizni mag`firat qilmasang va bizga rahim qilmasang, albatta, ziyon ko`rganlardan bo`lamiz»,
Shakli: muhtojlik holatini bayon qilish va gunohni tan olish (بِالذَّنْبِ إِقْرَارٌ). Bu insoniyat tarixidagi ilk duo bo‘lib, Alloh Odamga tavba qilishi uchun uni o‘rgatgan.
Shayx Abdurahmon as-Sa’diy tafsiri
Shunda Alloh ikkoviga tavba qilishni va tavbalarining qabul etilishini nasib qildi. Ular gunohlarini tan oldilar va Allohdan ularni mag‘firat qilishini so‘radilar. Bas, ular: «Ey Robbimiz, biz o‘zimizga zulm qildik. Agar bizni mag‘firat qilmasang va bizga rahm qilmasang, albatta, ziyon ko‘rganlardan bo‘lamiz», dedilar.
Ya’ni: «Biz O‘zing qaytargan gunohni qildik va gunohga qo‘l urib, o‘zimizga zulm yetkazdik. Agar gunohning izini va jazosini yo‘q qilib, bizni mag‘firat qilmasang hamda tavbamizni qabul qilib, bunday xatolardan omon saqlab, bizga rahm qilmasang, ziyon ko‘rishimizga sabab bo‘ladigan ishni qilib qo‘ydik». Alloh ikkovini mag‘firat qildi. «Odam Robbisiga osiylik qildi va yo‘ldan ozdi.
So‘ngra Robbisi uni tanladi, tavbasini qabul etdi va hidoyat qildi» (Toha, 121–122). Bu vaqtda Iblis esa haddidan oshishda davom etar, osiyligidan qaytmas edi. Kim gunoh sodir etgach, Odamga o‘xshab gunohini tan olsa, mag‘firat so‘rasa, pushaymon bo‘lsa va gunohdan tiyilsa, Robbisi uni tanlab, hidoyat qiladi. Kim gunoh sodir etgach, Iblisga o‘xshab gunohlarga yana-da berilib ketsa, Allohdan faqat uzoqlashib boradi.
Imom Ibn Kasir tafsiri
Zahhok ibn Muzohim Alloh taoloning «Ey Robbimiz, biz o‘zimizga zulm qildik. Agar bizni mag‘firat qilmasang va bizga rahm qilmasang, albatta, ziyon ko‘rganlardan bo‘lamiz», degan so‘zlari haqida: «Bular Odam Robbisidan olgan kalimalardir», degan.
Al-Bag‘aviy tafsiri
«Ikkovlari: “Ey Robbimiz, biz o‘zimizga zulm qildik. Agar bizni mag‘firat qilmasang va bizga rahm qilmasang, albatta, ziyon ko‘rganlardan bo‘lamiz”, dedilar».
Al-Hokimning «Al-Mustadrak» asarida (2/375) Odam jannatdan chiqqanidan keyin yig‘lab, shu so‘zlarni aytgani haqidagi rivoyatlar keltirilgan.